O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, ushbu hafta davomida asosan quruq va iliq ob-havo bo`lishi kutilmoqda
Ma`lum qilinishicha, bugun respublika hududining katta qismida kam bulutli ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
Faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida atmosfera fronti o`tishida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Tog`li hududlarda ba`zi joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Respublikaninng ayrim tog` oldi va tog`li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 24-28° atrofida bo`ladi.
Ish haftasining oxirigacha O`zbekiston bo`yicha asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat 27 aprelda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida ba`zi joylarda asosan jadalligi biroz bo`lgan qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg`ir yog`ishi mumkin.
27 aprelda shimolda va cho`l hududlarida, 28 aprelda respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta o`rtasiga kelib, Eron hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi hisobiga kunduzgi havo harorati 27-32° gacha ko`tariladi.






