AsosiyJamiyat

Toshkent–Buxoro–Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov yo`lga qo`yilmoqda

'Toshkent–Buxoro–Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnov yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

Yo`lovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan Uzbekistan Airways 2022 yil 8 may kuni Toshkent–Buxoro–Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovni yo`lga qo`yadi. Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

 Toshkent–Buxoro yo`nalishi bo`yicha aviachipta narxi 158 183 so`mdan (bagajsiz) va 182 518 so`mdan (bagaj bilan), Toshkent – Buxoro – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 304 197 so`mdan (bagajsiz) va 352 869 so`mdan (bagaj bilan) boshlanadi.  

Narxlar 25.04.2022 holatiga ko`ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar