AsosiyJamiyat

Toshkentda "GAI" va haydovchi o`rtasida janjal ro`y berdi (video)

'Toshkentda "GAI" va haydovchi o`rtasida janjal ro`y berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "GAI" bilan haydovchi o`rtasida yuz bergan janjal aks etgan video tarqaldi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining ma`lum qilishicha, 2022 yil 23 aprel kuni soat 09:40 larda Toshkent viloyati, Angren shahri, Amir Temur ko`chasida xizmat olib borgan YPX xodimi X.Rahmonov tomonidan me`yoriy hujjatlarini tekshirish maqsadida "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. 

Tekshiruv davomida haydovchida haydovchilik guvohnomasi va ushbu avtomobildan foydalanish uchun ishonchnoma yo`qligi ma`lum bo`lgan. Qoidabuzarlik holati YPX xodimi tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilayotgan vaqtda, haydovchi, 1998 yilda tug`ilgan S.N. unga nisbatan qonunuiy chora ko`rilishini payqagach xodimga qarshilik ko`rsata boshlagan. YPX xodimi yaqin atrofda bo`lgan hamkasblaridan amaliy yordam so`ragan. Voqea joyiga o`zini haydovchining akasi, "Sardor" deya tanishtirgan fuqaro ham etib kelib, xodimlarga faol qarshilik ko`rsatib, ziddiyatli vaziyatni yuzaga keltirgan. 

YPX xodimi tomonidan holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 135-, 194- hamda 195-moddalari tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan va ushbu fuqarolar Angren shahar IIBga topshirilgan. "Matiz" rusumli avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan. 

Shuningdek, hozirda ushbu holat bo`yicha Angren shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar