Bugun, 25 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan iborat navbatdagi guruh Koreya Respublikasiga E-9 vizasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida tashkiliy tarzda kirib bordi.
Odatdagidek, Inchon aeroportida mehnat migrantlarimiz Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi vakolatxonasi hamda Inson resurslarini rivojlantirish xizmati vakillari tomonidan kutib olindi va tibbiy ko`rik o`tash manzillariga kuzatib qo`yildi.






