AsosiyJamiyat

AQShda bo`lib turgan O`zbekiston delegasiyasi Federal tergov byurosiga tashrif buyurdi

'AQShda bo`lib turgan O`zbekiston delegasiyasi Federal tergov byurosiga tashrif buyurdi'ning rasmi

Delegasiya a`zolari  AQSh Federal tergov byurosining Boston shahrida joylashgan ofisida Byuroning maxsus vakillari Entoni M.Sankey hamda Metyu F.Giakobbi bilan uchrashdilar. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun: Entoni M.Sankey Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo`yicha guruhni boshqaradi va AQShning to`rtta shtatida korrupsiya, fuqarolik huquqlari va firibgarlik dasturi bilan bog`liq barcha masalalar bo`yicha dastur muvofiqlashtiruvchisi hisoblanadi. 

Metyu F.Giakobbi Qo`shma Shtatlar shimoli-sharqidagi to`rtta shtatdagi korrupsiya, fuqarolik huquqlari, sog`liqni saqlash sohasidagi firibgarlik, murakkab moliyaviy jinoyatlar va qimmatli qog`ozlar firibgarligi bo`yicha ishlar bilan shug`ullanadi.

Ma`lumki, Federal tergov byurosi AQShda korrupsiya jinoyatlarini tergov qiluvchi asosiy organ hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, o`zaro muloqotda korrupsiyaga oid ishlarning olib borilishi, davlat xaridlari, shartnomalar va federal moliyaviy dasturlar bilan bog`liq firibgarlik holatlari, bu jarayonda qo`llaniladigan raqamli vositalar xususida o`zaro fikr almashildi.

Muloqot yakunida AQSh Davlat Departamenti ko`magida Federal tergov byurosi vakillarining O`zbekiston huquqni muhofaza qilish idoralari uchun maxsus trening dasturlarini tashkil etish choralarini ko`rishga kelishib olindi.

 

    Boshqa yangiliklar