“Lazgi” xalqaro raqs festivali ishtirokchilari va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida, “Uzbekistan Airways” AJ faqatgina 2022-yil 26-aprel kuni Toshkent – Urganch – Toshkent yo`nalishi bo`yicha qo`shimcha aviaqatnovni yo`lga qo`yadi.
HY-051-051 va HY-052 qatnovlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshriladi (mahalliy vaqt):
Toshkentdan jo`nab ketish 11:00
Urganchga etib borish 12:30
Urganchdan jo`nab ketish 13:30
Toshkentga etib borish 14:50
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan www.uzairways.com, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






