Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog`ini 44 mlrd dollarga sotib oldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Milliarder ancha vaqtdan beri ushbu ijtimoiy tarmog`ni sotib olish bo`yicha muzokaralar o`tkazayotgandi. U dastlabki savdolarda 41 mlrd dollar taklif qilganini va muzokaralar davom etayotganini ham qo`shimcha qilgandi.
Aprel oyining boshida Mask Twitter ning 9,2% ulushini 2,89 milliard dollarga sotib oldi va kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylandi.