AsosiyJamiyat

Bolalar ona tomon bobosidan zakot, fidya va meros olsa bo`ladimi?

'Bolalar ona tomon bobosidan zakot, fidya va meros olsa bo`ladimi?'ning rasmi

 Musulmonchilikda qizlarning farzandlari merosxo`r bo`lmaydi, deb eshitgandim. Qiz eri bilan ajrashib, eri bolalarni boqmasa, meros, uy-joy qoldirmasa, endi bu bolalar ona tomondan bobosiga merosxo`r bo`lsa bo`ladimi? Ularga ona tomondan bobosi zakot, fidya bersa bo`ladimi?

 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ajrashgan ayolning farzandlari o`z otalaridan meros oladilar. Ammo bu farzandlar ona tomondan bo`lgan bobosidan meros olisholmaydi. Faqat bitta istisno bor. Agar bobo vafot etganda o`sha nabiralardan boshqa birorta qarindosh bo`lmasa, ular meros oladilar.

Ularga bobo ham, buvi ham zakot, fidya va fitr sadaqasini bera olmaydi. Vallohu a`lam.

Manba: O`zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay`ati.

 

 

    Boshqa yangiliklar