AsosiyJamiyat

Fuqaroning qo`shni davlat universitetidagi o`qishini Samarqandga ko`chirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi

'Fuqaroning qo`shni davlat universitetidagi o`qishini Samarqandga ko`chirib bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga tushdi'ning rasmi

Narpay tumanida qo`shni davlat universitetga o`qishga kiritish va ko`chirib bermoqchi bo`lgan firibgar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi. 

Departament hamda DXXning Narpay tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. o`zgalar mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritishni ko`zlab, fuqaro M.ning O`sh texnologiya universitetidagi o`qishini 1 400 AQSh dollari evaziga Samarqand davlat universitetiga ko`chirib berishni hamda 2 nafar fuqaroning har biriga 800 AQSh dollaridan hisoblab, 1 600 AQSh dollari evaziga Chimkent shahridagi “Muxtor Avezov” nomidagi institutga 2-kursdan o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilib, jami 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar