AsosiyJamiyat

Turizm va madaniy meros vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi

'Turizm va madaniy meros vaziriga o`rinbosarlar tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq:

Baxtiyor Ibragimov — turizm va madaniy meros vazirining xalqaro turizmni rivojlantirish, ichki va ziyorat turizmi masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida departament direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Nusratilla Zikrillaev — turizm va madaniy meros vazirining  investisiyalar, turizm klasterlari va lisenziyalash masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimi vazifasida ishlagan.

Botirjon Shahriyorov — turizm va madaniy meros vazirining ommaviy tadbirlar va madaniy meros masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Buxoro viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

    Boshqa yangiliklar