AsosiyJamiyat

Mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo`lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan – Prezident

'Mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo`lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan – Prezident'ning rasmi

Yig`ilishda mamlakatimizda Chimyon, Bildirsoy yoki Zomindan kam bo`lmagan, lekin salohiyati hali ishga solinmagan turistik manzillar ko`pligi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.

Masalan, Boysundagi dunyoda eng chuqur g`orlardan hisoblangan Boybuloq (Osiyoda eng chuqur, 1 ming 415 metr), yonidagi Vishnevskiy (715 metr), Neandartal odam qoldig`i topilgan Teshiktosh g`orlari, Darband darasi, qadimiy ellin madaniyati yodgorligi – Uzundara qal`asi butun dunyodan sayyohlarni o`ziga jalb qiladi.

Bu erda mehmonxona, kemping, tog` sporti, dor yo`li, turistlar uylari kabi ob`ektlarni tashkil etish orqali 500 ming sayyohni bemalol jalb qilish mumkinligi ta`kidlandi.

Bunday imkoniyatlar Bo`stonliqdagi Tovoqsoy, Ohangarondagi Ovjasoy, Angrendagi Yangiobod, Shahrisabzdagi Miraki, Yangiqo`rg`ondagi Nanay, Popdagi Chodak hududlarida ham mavjud.

Chorvoq va To`dako`ldan boshqa birorta hududda cho`milish joylari yo`qligi qayd etildi. Bu borada Nukusdagi Ashshiko`l, Buxorodagi Zikriko`l, Jizzaxdagi Aydarko`l va Tuzkon ko`lining imkoniyatlari ishga solinmay turibdi.

    Boshqa yangiliklar