Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Dehqonobod tumanidagi qo`ng`ir ayiq bolasi bilan bog`liq holat yuzasidan Davlat ekologiya qo`mitasining rasmiy munosabat bildirdi.
Mazkur holat ayni vaqtda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo`yicha inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o`rganib chiqilmoqda.
Davlat ekologiya qo`mitasi bunday vahshiy holatlarni qat`iy qoralaydi va albatta huquqbuzarlarni qonuniy tartibda jazoga tortilishini o`z nazoratiga oladi.
Aytilishicha, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 202-moddasi 3-qismi j-bandiga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o`simlik dunyosi turlarini nobud qilish - bazaviy hisoblash miqdorining to`rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.
O`rganish natijalari bo`yicha batafsil axborot beramiz.






