AsosiyJamiyat

Chiroqchida fuqarolar va YPX xodimlari o`rtasida katta janjal bo`ldi. 3 kishi qo`lga olingan (video)

'Chiroqchida fuqarolar va YPX xodimlari o`rtasida katta janjal bo`ldi. 3 kishi qo`lga olingan (video)'ning rasmi

Kecha Chiroqchi tumanida YPX xodimlari va fuqarolar o`rtasida tortishuvli vaziyat aks etgan video tarqaldi. 

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati ma`lumotiga ko`ra, Chiroqchi tumani, Xonjon ko`chasida xizmat olib borgan YPX xodimlari qoidani buzib to`xtab turgan avtomobillarni planshet moslamasi orqali suratga olib, o`z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda qoidani buzgan holda to`xtab turgan avtomobillarning haydovchilari YPX xodimlariga e`tiroz bildirib, turli noo`rin so`zlar bilan ziddiyatli vaziyatni yuzaga keltirgan.  

Atrofdagi boshqa fuqarolar ham to`planib vaziyat yanada jiddiylashgan. Faol qarshilik ko`rsatgan fuqarolardan biri janjalli vaziyatdan foydalanib, YPX xodimi B.Karimovning bodikamerasi va ko`krak nishon belgisini yulib olgan.

Voqea joyi Chiroqchi tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan o`rganilib, holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Fuqarolar Sh.B., N.B., N.D. va Q.A.lar gumonlanuvchi sifatida jalb etilib, ushbu fuqarolarning 3 nafari ushlangan.

    Boshqa yangiliklar