AsosiyJamiyat

"Gumondor topildi". Qashqadaryoda ayiq bolasining o`ldirilgani yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi

'"Gumondor topildi". Qashqadaryoda ayiq bolasining o`ldirilgani yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Qashqdaaryo viloyatida qo`ng`ir ayiq bolasi o`ldirilgani bo`yicha surishtiruv ishlari boshlangan edi. 

Davlat ekologiya qo`mitasi matbuot xizmati Dehqonobod tumanidagi qo`ng`ir ayiq bolasi bilan bog`liq holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, Davlat ekologiya qo`mitasi inspektorlari va  tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani, "Oqqishloq" MFY,  Qizilsoy qishlog`ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekanligi ma`lum bo`lib, uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topildi.  

Shuningdek, ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaroning so`zlariga ko`ra, u ayiq bolasini o`lik holda topganligini iddao qilmoqda.

Bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o`tkaziladi.

Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.  

Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etiladi. 

    Boshqa yangiliklar