AOKAda o`tkazilgan brifingda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig`i Rasulov Sirojiddin hokim yordamchilari faoliyati natijalarini keng jamoatchilikka etkazish va ochiqlikni ta`minlash xususida ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, “mahallabay” ishlash tizimida hokim yordamchilari va respublika vakillari faoliyatini inson omilisiz monitoring qilish va baholab borish yuzasidan “Online-mahalla.uz” platformasida samaradorlikni baholash tizimi ishga tushirilgan.
Unga ko`ra 768 ta mahalla “a`lo”, 2163 ta mahalla “yaxshi”, 2770 ta mahalla “qoniqarli” va 3636 ta mahalla “qoniqarsiz” deb baholandi.






