Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma`naviyat va ma`rifat markazi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda bakalavr ta`lim yo`nalishi talabalari o`rtasida "Yangi O`zbekistonni o`zimiz, o`z qo`llarimiz bilan bunyod etamiz!" shiori ostida respublika esselar tanlovi e`lon qilindi.
Tanlov 4 bosqichda:
- fakultetlararo;
- hududdagi OTM o`rtasida;
- mintaqaviy;
- yakuniy final respublika miqyosida o`tkaziladi.
️Tanlovning respublika bosqichi g`oliblarini taqdirlash:
1-o`rin uchun – 30 million so`m;
2-o`rin uchun – 20 million so`m;
3-o`rin uchun – 10 million so`m;
Bundan tashqari, respublika bosqichi ishtirokchilarining barchasi zamonaviy noutbuk bilan taqdirlanadi.
Ishtirok etish istagida bo`lganlar o`z oliygohlarining Yoshlar bilan ishlash masalalari bo`yicha prorektorlariga murojaat qilishlari mumkin.






