Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati yozmoqda.
"Allohga shukrki, bu yil Ramazon oyida yurtimizdagi 2000 ziyod masjidda taroveh, 1550 ga yaqin jomeda xatmi Qur`onlar mo`min-musulmonlarimizning imonu ixlosini yanada ziyoda qilib, qalblariga shifo, dillariga surur, ruhlariga quvvat bag`ishlamoqda.
Ulug` oyning eng g`animat onlari – Laytul qadr kechalariga ham etib keldik. Bugun, 27 aprel kuni diyorimizdagi 350 ta jomeda xatmi Qur`onlar o`z nihoyasiga etadi. Shu bilan bugungi kunga qadar yakunlangan xatmi Qur`onlar soni 710 taga etadi" deb yoziladi xabarda.
Bugun ana shunday fayzli kechada yurtimizning 350 ta masjidda xatmi Qur`onlardan so`ng mo`min-musulmonlarimiz bir paytning o`zida ham duo, ham iltijo va ham Haq taologa munojot qiladilar.
Mana shunday duolar mustajob bo`ladigan, gunohlar kechiriladigan fursatlarni g`animat bilaylik.






