Bu Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
2022/2023-o`quv yilida talabalar o`qishini xorijiy oliy ta`lim tashkilotlari, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan filiallar va nodavlat oliy ta`lim tashkilotlaridan O`zbekiston Respublikasi davlat oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish bo`yicha o`tkaziladigan test sinovlari natijalariga ko`ra Toshkent davlat yuridik universitetiga o`tish bali 140,0 ball etib belgilandi.
Eslatib o`tamiz, joriy yilning 8 aprel kuni Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining tegishli buyrug`i bilan 2022/2023-o`quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta`lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta`lim muassasalaridan davlat oliy ta`lim muassasalariga o`qishni ko`chirish uchun o`tish ballari tasdiqlangan edi.






