Uzbekistan Airways kompaniyasi O`zbekiston va Gruziya hududlari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni rivojlantirish uchun yangi yo`nalishlarni yo`lga qo`yishni davom etmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, 21 maydan boshlab Uzbekistan Airways Toshkent – Batumi – Toshkent xalqaro yo`nalishi bo`yicha mavsumiy parvozlarni amalga oshiradi. Toshkentdan kurort shahriga aviaqatnovlar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Muhim: Gruziyaga kirish uchun emlanganlik haqidagi sertifikatning asl nusxasini taqdim etishingiz kerak. Aks holda, 10 va undan katta yoshdagi yo`lovchilar PZR-testining manfiy natijasini taqdim etishlari kerak (amal qilish muddati 72 soat).






