AsosiyJamiyat

Samarqandda mehmonxona ish boshqaruvchisi xorijlik sayyohni haqorat qilgani uchun qamaldi

'Samarqandda mehmonxona ish boshqaruvchisi xorijlik sayyohni haqorat qilgani uchun qamaldi'ning rasmi

Bosh prokuraturaga tarixiy obidalarimiz bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo`yicha mutaxassis V.K. murojaat qilib, unda Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha`n va qadr-qimmatini kamsitganini ko`rsatgan va qonuniy chora ko`rishni so`ragan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

O`tkazilgan o`rganish natijasi bo`yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma`muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to`plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.

Sudning joriy yil 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi ta`minlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi.

Mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo`lgan har bir turistning xavfsizligi va huquqlarini  ta`minlash ustuvor vazifadir.

 

    Boshqa yangiliklar