Joriy yilning 3 may kuni Xristian diniy xotirlash tadbiri o`tkazilishi munosabati bilan, ushbu tadbirda ishtirok etuvchi aholini transportga bo`lgan ehtiyojini qondirish va yo`lovchilar tashish uzluksizligini ta`minlash maqsadida, Toshkent shahridagi metro stansiyalaridan va aholi ko`p yig`iladigan bekatlardan 1-, 2-, 3-sonli qabristonlargacha qatnovchi quyidagicha vaqtinchalik bir kunlik yo`nalishlar yo`lga qo`yiladi. Bu haqda "Toshahartransxizmat" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo`nalish raqami:
1. K-1 (Mashinasozlar metrosi-1-sonli qabriston (Botkin)
2. K-2 (Olmazor metrosi-2-sonli qabriston (Do`mbirobod)
3. K-3/1 (Buyuk ipak yo`li metrosi-3-sonli qabriston (O`rtasaroy)
4. K-3/2 (Qo`yliq dehqon bozori-3-sonli qabriston (O`rtasaroy)
Avtobus soni:
1. 3 ta (Isuzu) "2-Avtobus saroyi" MChJ
2. 4ta (Isuzu) "7-Avtobus saroyi" MChJ
3. 4ta (MAN) "5-Avtobus saroyi" MChJ
4. 4ta (MAN) "1-Avtobus saroyi" MChJ
Elatib o`tamiz mazkur tashkil etilgan bir kunlik yo`nalishlar 7:00 dan - 18:00 ga qadar harakatini davom ettiradi.
✍️"Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati






