AsosiyJamiyat

Shanba kungi umumxalq hasharida ishtirok etish ixtiyoriy, xodimlarning 1 kunlik ish haqi faqatgina ularning roziligi bilan ushlab qolinishi mumkin

'Shanba kungi umumxalq hasharida ishtirok etish ixtiyoriy, xodimlarning 1 kunlik ish haqi faqatgina ularning roziligi bilan ushlab qolinishi mumkin'ning rasmi

Xabaringiz bor, ertaga 30 aprel kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o`tkaziladi. 

AOKAda  o`tkazilgan brifingda  "Mahalla" xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi raisi Dilshod Usmonovning ma`lum qilishicha,  Shanba kungi umumxalq hasharida ishtirok etish ixtiyoriy, xodimlarning 1 kunlik ish haqi faqatgina ularning roziligi bilan ushlab qolinishi mumkin.

Hashar davomida:

● 15 ming gektardan ziyod er-maydonlarni obodonlashtirish, 6 ming kilometrdan ortiq ariq va zovurlarni tozalash;

● 1 million tupga yaqin mevali va manzarali ko`chat va 2 million tupdan ziyod gul ko`chatini o`tqazish;

● 5 mingga yaqin oilaning uylarini ta`mirlab berish (buning uchun fond hisobidan salkam 1 milliard so`m yo`naltiriladi);

● 9 mingdan ziyod ehtiyojmand oila va 3 mingga yaqin yakka-yolg`iz qariyaga 3 millard so`mga yaqin moddiy ko`mak ko`rsatish rejalashtirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar