Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarma bergan ma`lumotga ko`ra, voqea joriy yilning 26 aprel kuni sodir bo`lgan. Yangier shahar "Fazilat" MFY hududidan oqib o`tuvchi "Janubiy Mirzacho`l" kanalida 17 yoshli fuqaro O`.Sning belgilanmagan joyida cho`milayotgan vaqtida cho`kib ketgan.
Voqea joyiga viloyat FVB Yong`in-qutqaruv otryadi g`avvos-qutqaruvchilari darhol etib borgan. Ta`kidlanishicha, hozirda viloyat FVB va IIB tomonidan qidiruv va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tafsilotlar bo`yicha qo`shimcha axborot beriladi.






