AsosiyJamiyat

Samarada ishlayotgan ikki nafar o`zbekistonlik migrantlarning hujjatlari o`zlariga qaytarildi

'Samarada ishlayotgan ikki nafar o`zbekistonlik migrantlarning hujjatlari o`zlariga qaytarildi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga o`zbekistonlik mehnat migrantlaridan turli masalalarda murojaatlar kelib tushmoqda.

Shunday murojaatlarning birida yurtdoshlarimiz hujjatlarini ish beruvchidan olib berishni so`ragan.

Aniqlanishicha, yurtdoshlarimiz Samara viloyatida joylashgan "Skorpion" tashkilotida ishlash jarayonida ish beruvchi tomonidan 5 oy davomida pasportlari olib qo`yilib, berilmagan. Shuningdek, ish beruvchi yurtdoshlarimizni qarzdor qilib qo`ygan.

Mehnat migrantlarining hujjatlarini olib berish maqsadida vakolatxona xodimlari Pesochnoe tumani polisiya bo`limi bilan aloqa o`rnatgan. Natijada  fuqarolarning pasporti, patenti va migrasion kartasi polisiya xodimlari hamkorligida olib berildi.

    Boshqa yangiliklar