AsosiyJinoyat

Qashqadaryoda tadbirkorning 1,1 mlrd so`mlik mulkini o`zlashtirgan ombor mudiri aniqlandi

'Qashqadaryoda tadbirkorning 1,1 mlrd so`mlik mulkini o`zlashtirgan ombor mudiri aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “K.U.” MChJ sobiq ombor mudiri F.S. MChJning “Moddiy javobgarlik to`g`risida”gi shartnomasiga ko`ra, unga ishonib topshirilgan 1,1 mlrd so`mlik xo`jalik va elektr mollarini yuk xatlarsiz ombordan chiqarib, ushbu tovarlarni naqd pulga sotib yuborib o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, juda ko`p miqdordagi o`zganing mulkini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar