Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Nukusda "Nexia" avtomobili yonib ketganligi bo`yicha YHXB quyidagi ma`lumotlarni taqdim etdi.
Bugun, 2022 yil 28 aprel kuni soat 14:00 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, X.Abdambetov ko`chasida to`xtab turgan, haydovchi, 1995 yilda tug`ilgan D.A. boshqaruvida bo`lgan "Nexia" rusumli avtomobilining salon qismida yong`in yuzaga kelgan.
Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.
Ushbu hodisa yuzasidan Nukus shahar FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






