AsosiyJamiyat

O`zbekistonda kiberfiribgarlik so`nggi 3 yilda 8,3 baravarga ko`paydi — Adliya vaziri

'O`zbekistonda kiberfiribgarlik so`nggi 3 yilda 8,3 baravarga ko`paydi — Adliya vaziri'ning rasmi

Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisida O`zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifatning holati haqidagi axboroti eshitildi.

Qayd etilishicha, O`zbekistonda firibgarlik so`nggi 4 yilda 4 baravarga, (2018 yilda 6 483 ta, 2019 yilda, 6 321 ta, 2020 yilda 10 496 ta, 2021 yilda 24 554 ta), kiberfiribgarlik esa so`nggi 
3 yilda 8,3 baravarga ko`payib, hozirda umumiy jinoyatchilikning qariyb 5 foiziga etgan.

"Biz aholimizda firibgarlik, kiberfiribgarlikka qarshi “immunitet” paydo qilishimiz kerak. Aldanib qolmasligi uchun kerakli ma`lumotni etkazishimiz, oson daromad topish ilinjida tuzoqqa tushib qolmasligi choralarini ko`rishimiz kerak.

Ikkinchi tomondan, davlat organlari xushyor bo`lib, firibgarlik holatlarini oldini olib borishi zarur Yaqindagi bitta xususiy klinika atrofidagi holatlarda, davlat bu klinikaga lisenziya bergan, qonuniy ishlashiga ishonch bildirilgan, mana endi butun xalqni aldagani ma`lum bo`lyapti.

Jinoyatchilar javobgarlikka tortilib zararni to`liq qoplamasdan bir oz muddat ozodlikdan mahrum qilinib yana ozodlikka chiqishi kuzatilishi mumkinki, bu ham aholida salbiy kayfiyatni paydo qilishi mumkin. Shuning uchun firibgarlik sodir etgan va zararni to`liq to`lamagani uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxslar, jazoni o`tash davomida to`liq zararni qoplamagan bo`lsa shartli ozod qilinmasligini ko`zda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi", - deydi Ruslanbek Davletov.

    Boshqa yangiliklar