Mino Rayolaning yordamchisi uning o`limi haqidagi xabarni rad etdi. Bu haqda "sports.ru" xabar bermoqda.
Oldinroq asli italiyalik 54 yoshli gollandiyalik agent kasallikdan so`ng vafot etgani xabar qilingandi. 2015 yildan beri Rayola bilan birga bo`lgan sobiq ispaniyalik futbolchi Xose Fortes Rodriges: "U juda kasal, lekin o`lmagan", dedi.
Minoning o`limini The Associated Press muxbiri Daniella Matar ham rad etdi: "Rayolaning agentligi menga: "Bularning barchasi yolg`on, u o`lmagan" dedi.
“Rayolaning o`limi haqidagi xabarlar noto`g`ri. Uning ahvoli og`ir”, deb yozadi BBC Sport muxbiri Saymon Stoun.
Ma`lumot uchun: Rayola Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba, Erling Xoland, Janluidji Donnarumma, Matteys de Ligt, Marko Verratti, Genrix Mxitaryan va boshqa ko`plab futbolchilardirning agentidir.






