AsosiyJamiyat

Namanganda YPX mashinasi YTHga uchradi

'Namanganda YPX mashinasi YTHga uchradi'ning rasmi

To`raqo`rg`on tumanida YPX mashinasi YTHga uchradi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 28 aprel kuni soat 15:30 larda Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi 4P-112 avtomobil yo`lining 55-kilometrida YTH sodir bo`lgan. 

Unda haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan M.Sh. "Lacetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o`zi bilan bir yo`nalishda, oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan G`.X. boshqaruvidagi "Matiz" rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan. Shundan so`ng, "Matiz" avtomobili qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketib, YPX xodimi, 1988 yilda tug`ilgan J.Sh.ga biriktirilgan "Lacetti" rusumli xizmat avtomobili bilan to`qnashgan va yo`l chetiga ag`darilgan.

Hodisa natijasida "Matiz" avtomobili yo`lovchisi, 1987 yilda tug`ilgan X.A. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan To`raqo`rg`on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar