AsosiyJamiyat

Respublika OTMlarida ilmiy darajali professor-o`qituvchilar soni 12 686 nafarni tashkil etadi

'Respublika OTMlarida ilmiy darajali professor-o`qituvchilar soni 12 686 nafarni tashkil etadi'ning rasmi

 Ayni damda AOKAda Oliy va o`rta muaxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligidagi mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

Anjumanda ta`kidlanishicha, hozirda respublikamiz oliygohlarida ilmiy darajali professor-o`qituvchilar soni 12 686 nafarni tashkil etadi, ya`ni bu ko`rsatkich 2017 yilga nisbatan 63% ga oshgan.

O`z navbatida, oliy ta`lim muassasalarining ilmiy salohiyat ko`rsatkichi  2017 yilda 31,9% ga teng bo`lgan bo`lsa, hozirda 39,3% ga etkazildi.

 OTMda 2017 yilda dissertasiyalar himoyalari bo`yicha atiga 32 ta ilmiy kengashlar faoliyat yuritgan bo`lsa, 2021 yilda ularning soni 172 ta bo`ldi.

️2017 yilga nisbatan 2021 yilda fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyalar himoyalari ikki baravarga (ya`ni, 122 tadan 244 taga) va falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun  dissertasiya himoyalari  deyarli olti baravarga (ya`ni, 221 tadan 1521 taga) oshishiga erishildi.

Hozirda respublika OTMda jami 5281 nafar doktorant tahsil olmoqda (shundan, 4964 nafar PhD, 317 nafar DSc, 5036 nafar mustaqil-izlanuvchilar (4545 nafar PhD, 491 nafar DSc).

 

    Boshqa yangiliklar