AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi

'O`zbekistonda 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Prezident raisligida videoselektor yig`ilishi boshlandi. 

Unda oxirgi yillarda ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar, boquvchisini yo`qotgan xotin-qizlar, nogironligi bo`lgan shaxslar, og`ir kasallikka chalinganlarga g`amxo`rlik ko`rsatish bo`yicha yangi tizim yaratilgani ta`kidlandi.

Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:  

  •  “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o`g`il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag`rida voyaga etishi uchun sharoit yaratildi. Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;
  •  o`tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan ta`minlandi, 2022 yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;
  •  davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operasiyalar o`tkazildi;
  •  o`tgan yili 42 mingga yaqin nogironligi bo`lgan shaxslarga  olib berildi;
  •  o`tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan ta`minlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko`rsatiladi;
  •  4 ming nafar ko`zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.

    Boshqa yangiliklar