U sobiq turmush o`rtog`ining ko`zini o`yib, yuragiga pichoq sanchib o`ldirgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanidagi «Uyg`ur» mahallasida o`tgan yilning 21 oktyabrida fuqaro U.E. mast holda turmush o`rtog`i G.H. bilan janjallashib, uni bir necha bor urib, o`ldirib qo`ygan erkakka sud hukmi o`qildi.
Xabar berilishicha, sudlanuvchi U.E.ga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi bilan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
«Hammadan kechirim so`rayman, Prezidentimdan kechirim so`rayman birinchi o`rinda. Men bu urishimda o`lib qoladi, deb o`ylamaganman. Bunday niyatim ham bo`lmagan», — degan erkak.
Lekin Marhumaning otasi K.H.ning so`zlariga ko`ra, kuyovi «qizini vahshiyona tarzda urib o`ldirgan — boshiga qattiq jism bilan urib, bosh suyaklari va burnini sindirgan, ko`zini o`yib olgan, yurak qismiga pichoq sanchib, qiynab, qizining hayotiga nuqta qo`ygan. Bunga asosi ham borligini aytib o`tdi.
Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o`ldirish) alomatlari bilan ish ochilgan, gumonlanuvchi U.E. qamoqqa olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi oradan bir oy o`tib, 22 noyabr kuni — «Daryo» so`rovidan so`ng axborot bergan.






