Norasmiy sektorda ayollar ulushi 57 foizni tashkil qilmoqda. Sababi, ko`plab ish beruvchilar homiladorlik nafaqasini to`lashda ortiqcha xarajat qilmaslik uchun ayollarni rasmiy ishga olmaslikka harakat qiladi. Bu haqda Prezident raisligidagi bugungi yig`ilishda ta`kidlandi.
Bu borada 2022 yil sentyabrdan boshlab “dekret” to`lovlarining bir qismini davlat byudjeti hisobidan to`lash tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur ishlarni tizimli yo`lga qo`yish maqsadida 1 sentyabrdan Moliya vazirligi huzurida Ijtimoiy sug`urta jamg`armasi tashkil etiladi. Jamg`armaga joriy yilda byudjetdan 170 milliard so`m ajratiladi.
Mutasaddilarga 1 avgustga qadar “dekret” pullarini to`lash jarayonini to`liq raqamlashtirish topshirildi.






