Davlat xavfsizlik xizmati hamda Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda Toshkent shahrida yashovchi, 1987 y.t. “T.U.” Namangan shahrida yashovchi, 1989 y.t. “M.M.”dan 7504 dona “Regapen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini 45 mln. so`mga sotib olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, “T.U.”ning avtomashinasidan 158 dona “Tropikamid”, Chilonzor tumanidagi yashash xonadonidan esa 5617 dona “Selofen Zaleplon”, 1492 dona “Tropikamid” va 778 dona “Regapen” kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ham prosessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Aniqlanishicha, “T.U.”ning buyurtmasiga ko`ra “M.M.” ushbu dori vositalarini o`zining jinoiy aloqalari orqali Qirg`izistondan O`zbekistonga kontrabanda yo`li bilan o`tkazib, Toshkent shahriga olib kelgan.
Mazkur holat yuzasidan “T.U.” va “M.M.”larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2511-moddasi 3-qismi (Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining hukmiga ko`ra, “T.U.” va “M.M.”larning har biriga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.






