AsosiyJamiyat

Ramazon Hayiti sanasi ertaga e`lon qilinadi – muftiy

'Ramazon Hayiti sanasi ertaga e`lon qilinadi – muftiy'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov Ramazon Hayiti kuni hozirgacha nega rasman e`lon qilinmaganining sababini ma`lum qildi. Bu haqda «Fatvo.uz» Telegram kanali xabar berdi

“Fatvo hay`atimiz hozirda astronom olimlar bilan birgalikda Ramazon hayiti kunining aniq sanasini hisoblash bilan mashg`ul bo`lyapti. 30 aprel buning xulosasini beramiz. Shunga qarab Hayit sanasini e`lon qilamiz. Bu oson ish emas ekan. Chunki shuncha million musulmonning ro`zasiga javob berishlik muftiyning gardanida. Buni Qiyomatda javobi bor. Shunda har yilgidek prezidentning bayram bo`yicha qarori qabul qilinadi”, — deydi muftiy Nuriddin Xoliqnazarov.

    Boshqa yangiliklar