AsosiyJamiyat

“Ezgu maqsad” fondining 5 yil deganda ochiqlangan ma`lumotlari...

'“Ezgu maqsad” fondining 5 yil deganda ochiqlangan ma`lumotlari...'ning rasmi

2017 yil 14 iyul kuni Prezidentning PQ-3135-son Qarori bilan “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya Fondi tashkil etilgan bo`lib, ushbu Fond 2017 yilning avgust oyidan o`z faoliyatini boshlagan. 

Fond nihoyat 5 yil deganda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o`z eshiklarini ochdi. Ko`pchilikni qiziqtirayotgan Fondning mablag`lari va bugungi kungacha qilgan ishlari haqida AOKAda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida hisobot taqdim etildi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Mohinur Rustamova.

Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kungacha Fond hisob raqamiga 2022 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, 59.3 mlrd. so`m va 670 ming AQSh dollari miqdorida O`zbekiston Respublikasida faoliyatini yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslardan hamda xorijiy tashkilotlardan mablag` kelib tushgan. 

- Fondning hisob raqamiga kelib tushgan har bir mablag` faqatgina xayriya yo`lida ishlatiladi. Xodimlarning oylik-maoshlari yoki boshqa shunga o`xshash xarajatlarimiz fondning bankda ochilgan depozitlari asosida qoplanadi. Xayriyaga tushgan pullarga 5 yil davomida xiyonat qilinmagan. Bu borada barcha homiylarimiz oldida yuzimiz yorug`! Soliqlar masalasida ham aytib o`tmoqchiman, "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya fondiga soliqlardan hech qanday alohida imtiyozlar mavjud emas. Soliqlar odatdagi tartibda to`lanadi. Xastalikka chalinganlarni qaysi shifoxonada yoki qaerda davolanishini uning o`zi yoki oila a`zolari tanlaydi. Biz mablag`ni to`lab beramiz. Ko`pgina bemorlarni chet elda davolatishimizga ham to`g`ri kelyapti. Bugungi kungacha Evropa davlatlarida, jumladan, Germaniyada dardiga shifo topgan yurtdoshlarimiz talaygina, — dedi Fond rahbari Kamola Sharipova.

Ma`lum qilinishicha, 2017-2021 yillar davomida Fond tomonidan 200 nafar kishiga (208 xil jarrohlik amaliyotlari), shu jumladan, nogironligi bor bolalarga hayotini saqlab qolish va to`laqonli yashashlari uchun zarur bo`lgan davolanishlariga pul mablag`lari ajratilgan. Tibbiyotning turli sohalari bo`yicha murakkab jarrohlik amaliyotlarining respublika kasalxonalarida o`tkazilishiga moddiy yordam uchun Fond tomonidan zarur miqdorda mablag`lar ajratilgan bo`lib, qarovsiz qolgan keksa insonlarga ko`maklashish, xonadonlarini ta`mirlash ishlari, "Muruvvat" uylari va ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasalalarini zaruriy jihozlar bilan ta`minlash uchun ham Fond zarur miqdorda mablag` ajratmoqda.

Boshqa yangiliklar