Shu kunlarda barcha joylarda Ramazon hayiti hamda 9 may–“Xotira va qadrlash kuni” oldidan O`zbekiston Respublikasi davlat soliq qo`mitasi rahbariyati ham hududiy davlat soliq organlari mas`ullari bilan birgalikda ezgu ishlarga qo`l urmoqdalar, hududlarda urush qatnashchilari holidan xabar olish maqsadida ularni yo`qlab bormoqdalar. Ana shunday xayrli tadbirlardan biri Buxoroda Qo`mita rahbariyati ishtirokida bo`lib o`tdi.
Ushbu tadbir doirasida Davlat soliq qo`mitasi Raisining birinchi o`rinbosari Mubin Mirzaev Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i M.Mamatxanov bilan birga ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Buxoro shahrining “Shirbudin” mahallasida yashovchi 94 yoshli Reyda Resutovaning oilasiga tashrif buyurib, uning holidan xabar oldilar.
Soliq qo`mitasi raisi o`rinbosari M.Mahkamov esa Urganch shahrida yashayotgan 99 yoshni qarshilagan faxriy Sobir ota Qurbonov xonadonida bo`lishdi.
Darhaqiqat, qariyalarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanalib, ular hamisha e`zozlanib kelinadi. O`zaro suhbatlar jarayonida insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerakligi. Tinchligini yo`qotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bo`la olmasligi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovi ekanligi qayd qilindi.






