Bugun, 30 aprel kuni O`zbekistonning birodar afg`on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordami 58 ta vagondan iborat ezgulik poezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o`tkazish punkti orqali qo`shni mamlakatga jo`natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avval xabar berganimizdek, Ramazon hayiti munosabati bilan bugun O`zbekiston Respublikasining birodar afg`on xalqiga 58 ta vagondan iborat oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechak ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami ezgulik poezdida Termiz shahridagi "Ayritom" chegara o`tkazish punkti orqali qo`shni mamlakatga jo`natildi.
Ma`lum qilinishicha, Afg`onistonga yuborilgan insonparvarlik yordami tarkibida quyidagilar o`rin olgan:
▫️16 ta vagonda 1000 tonna un maxsuloti;
▫️5 ta vagonda guruch mahsuloti
▫️1 ta vagonda 12 ming dona ikra;
▫️1 ta vagonda 9679 quti shokolad, pechene;
▫️1 ta vagonda 16 156 banka murabbo;
▫️1 ta vagonda 70 000 qadoqda dori-darmon;
▫️1 ta vagonda 100 ming dona vaksina, 100 ming dona kovid-test, 20 ming dona kiyim-kechak, 10 tonna yog`;
▫️2 ta vagonda 6600 quti lapsha mahsuloti;
▫️1 ta vagonda 103 716 dona dori-darmon;
▫️29 ta vagonda 2000 tonna bug`doy.
Shu munosabat bilan ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo`lib o`tadi.






