AsosiyJamiyat

Toshkentda “Matiz” avtomobili yonib ketdi

'Toshkentda “Matiz” avtomobili yonib ketdi'ning rasmi

Toshkentda "Matiz" rusumli avtomashina haydovchisi xushyorlikni yo`qotishi oqibatida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, voqea  29 aprel kuni soat taxminan 10:00 larda Yunusobod tumani, Iftixor ko`chasi 97 uy qarshisida, haydovchi 1978 yilda tug`ilgan Yu.F. “Matiz” rusumli, davlat raqam belgisi 01 X 854 OB bo`lgan avtomashinada harakatlanib ketayotgan vaqtda, rul boshqaruvini yo`qotib yo`l chetidagi ariqqa tushib ketgan. 

Natijada, transport vositasining oldi qismida yong`in sodir bo`lgan. YTH va yong`in oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.
 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar