"Uzbekistan Airways" kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 2022 yilning 7 mayidan boshlab O`zbekiston va Misr hududlari o`rtasidagi muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yadi.
Toshkent—Sharm al-Shayx—Toshkent yangi xalqaro yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftada bir marta, shanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviaqatnovlar quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo`nab ketish: 09:00 (Toshkent vaqti)
- Sharm al-Shayxga etib borish: 11:50 (Sharm al-Shayx vaqti)
- Sharm al-Shayxdan jo`nab ketish: 13:20 (Sharm al-Shayx vaqti)
- Toshkentga etib borish: 21:30 (Toshkent vaqti)
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.






