AsosiyJamiyat

Odamlar 1 maydan amalga kiritiladigan yangi yo`l harakati qoidalaridan qanchalik xabardor?

'Odamlar 1 maydan amalga kiritiladigan yangi yo`l harakati qoidalaridan qanchalik xabardor?'ning rasmi

Ma`lumki, Hukumat qarori (172-son, 12.04.2022 y.) bilan Yo`l harakati qoidalari tasdiqlandi. Ushbu tartiblar joriy yilning 1 may oyidan, ya`ni bugunda kuchga kirdi. Bundan odamlar qanchalik xabardor? Shuni bilish maqsadida Darakchi.uz  fuqarolar bilan kichik so`rovnoma o`tkazdi.

Videoda ko`rganingizdek, so`rovnomada ishtirok etganlarning deyarli barchasi o`zlari har kuni boshqaradigan yoki xizmatidan foydalanadigan avtomobil yo`l harakati qoidalarining yangi tartiblari bilan ko`p ham qiziqmaydi. 

Balki bunga targ`ibotni xalqning ichiga etarlicha kirib bormayotganligidandir? 

Toshkent shahar Yo`l harkati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati katta mutaxassisi Shodmon Safarovning ta`kidlashicha, yangi qoidalar OAVlarda keng targ`ib qilib borilmoqda. 

Bugundan kuchga kiradigan yangi tartiblar esa quyidagilardan iborat:

  • Unga ko`ra, jumladan, aholi punktlarida transportlarning tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va bog`chalar atrofidagi yo`llarda 300 metrgacha masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi er uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash sohasidagi respublika komissiyasi qarori asosida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi yo`l harakati qatnovi yuqori bo`lgan va aholi gavjum hududlarda transport harakatlanishining yuqori tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilanishi mumkin.

  • Avtomobil haydovchisi va uning oldi o`rindig`ida o`tirgan yo`lovchilar xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart bo`ladi. 
  • Piyodalar o`tish joylarigi 10 metrdan kam masofada to`xtash va to`xtab turish taqiqlanadi.(amaldagi 5 metrni tashkil etar edi.)
  • Velosiped yo`lkasi bilan kesishgan joylada ham 10 metrdan kam masofada to`xtash va to`xtab turish taqiqlanadi. 
  • Qatnov qismi kesishmalarida to`xtash va to`xtab turish taqiqlanadi.
  • transport vositalarining qayrilib olish joylarida va unga 30 metr etmasdan yoki o`tib to`xtash taqiqlanadi.
  • Yuk avtomobillari, Yo`l harakati qoidalarida belgilangan ayrim istisnolardan tashqari barcha holatlarda, yo`lning faqat o`ng qatnov qismidan harakatlanishi shart.
  • Sutkaning qorong`i vaqtida va etarlicha ko`rinmaydigan sharoitda velosiped yo`lkasi bo`lmagan holda yo`lning qatnov qismida harakatlanayotgan velosipedchilar nur qaytargichli kamzulda yoki nur kaytaruvchi elementlar bo`lgan ustki kiyimda bo`lishi shart.

Bunda ushbu nur qaytaruvchi elementlar boshqa haydovchilarga ko`rinadigan bo`lishi kerak.

  • Shuningdek, aholi hamda haydovchilar o`rtasida 7 yoshgacha bolalarni maxsus bolalar o`rindig`ida, 7 yoshdan 12 yoshgacha bolalarni maxsus ushlab turuvchi moslamali xavfsizlik kamarini taqqan holda tashish, transportning orqa o`rindig`idagi yo`lovchilar ham xavfsizlik kamarini taqib olishlari bo`yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

 

    Boshqa yangiliklar