AsosiyJamiyat

Bugun arafa kunimi? Arafa kuni o`zi aslida qaysi kun?

'Bugun arafa kunimi? Arafa kuni o`zi aslida qaysi kun?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar orasida arafa kuni deb e`tirof etilmoqda. Bugun arafa kunimi? Arafa kuni o`zi aslida qaysi kun?

Buxoro shahar Mir Arab o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Erkin Qudratovning O`zAga ma`lumot berishicha, arafa kuni alohida fazl va xususiyatlarga ega kun. Uning bunday deb nomlanishiga bir qancha sabablar bor. 

  • Arafa kuni – dinimiz komil etilgan, ne`mat tugal qilingan kun. Arafa kuni – Odam alayhissalom bilan Momo Havo onamiz jannatdan er yuziga tushirilgach, bir-birlarini topib, tanishgan kun. 
  • Arafa kuni – Alloh taolo ruhlarni yaratganida ruhlar bir-birini tanigan kun. 
  • Arafa kuni – qurbonlik aniq bo`lgan kun. 
  • Arafa kuni – gunohlar kechiriladigan va jonlar do`zaxdan ozod etiladigan kun.

 

"– Bu kun haqida ko`plab hadislar vorid bo`lgan. Biz esa ulardan bittasi bilan kifoyalanamiz xolos.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo biror kun arafa kunichalik ko`p bandani do`zaxdan ozod etmaydi. U yaqinlashib, so`ng do`zaxdan ozod qilgan bandalari bilan farishtalar oldida faxrlanadi va: «Ular nima istashadi?» deb so`raydi», dedilar» (Muslim rivoyati).

Ana shu dalillardan kelib chiqib aytamizki, qurbon hayitidan oldingi kun, ya`ni, Zulhijja oyining 9-kuni haqiqiy arafa kuni hisoblanadi. 
Lekin biz insof bilan aytadigan bo`lsak, payshanba kunini hech qachon seshanba demaymiz. Yoki Rajab oyini Safar oyi demaymiz. Shunday ekan haqiqiy arafa kuniga tegishli bo`lgan ma`lumotlarni aynan shu bugunga tegishli qilib o`zlashtirib olishdan o`ta-o`ta ehtiyot bo`lmog`imiz zarur. Chunki bu shariat, din. Shariat va din borasida gapirganda, odam o`ta hushyor bo`lmog`i talab etiladi. Hadislarni misol keltirishda ham shu tomonini o`ylamoq kerak. Aks holda, pokiza, shaffof, asrlar yo`qotmay kelgan muqaddas dinimizning ahkomlariga nuqson etkazib qo`yishimiz mumkin",– deydi Erkin Qudratov.

    Boshqa yangiliklar