Toshkent viloyati Bekobod tumani “Bekobod-temir yo`l” xalqaro o`tkazish punktiga “Xo`jand-Ars” yo`nalishida Tojikiston Respublikasidan kirib kelgan yuk poezdi hamda uning tarkibida bo`lgan vagonlar belgilangan tartibda DXX Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchilari hamda Davlat bojxona qo`mitasi xodimlari hamkorligida xizmat itlari yordamida ko`zdan kechirildi. Bu haqda darakchi.uzga DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Nazorat tadbirlarida qurilish mollarini tashishga mo`ljallangan vagonlarning birining juft g`ildiraklarini ulab turuvchi tayanch asosining g`ovagida qora rangli politelen paket borligi aniqlandi.
Paket xolislar va mutaxassislar ishtirokida ochib ko`rilganda, uning ichidagi ikki o`ramda 1 kg 949 gr. “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






