Joriy yilning 7 mayidan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ O`zbekiston va Misr hududlari o`rtasidagi muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Toshkent – Sharm el-Shayx – Toshkent” yangi xalqaro yo`nalishi bo`yicha parvozlar haftada bir bir marta, shanba kunlari amalga oshiriladi.
“Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin”, — deyiladi xabarda.
02.05.2022 08:23
Toshkentdan Misrga muntazam aviqatnovlar yo`lga qo`yilmoqda






