AsosiyJamiyat

16-20 may kunlari O`zbekistonda "Deklarasiyalar muloqoti" xalqaro forumi o`tkaziladi

'16-20 may kunlari O`zbekistonda "Deklarasiyalar muloqoti" xalqaro forumi o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 16-20 may kunlari Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida Evropa, Osiyo, Yaqin Sharq va Afrikaning turli diniy konfessiyalari vakillari, taniqli ulamolar, dinshunos olimlar va xuquqshunoslar ishtirokida "Deklarasiyalar muloqoti" xalqaro forumi o`tkaziladi.

Forum ishtirokchilari turli diniy hamjamiyatlar o`rtasida do`stlikni mustahkamlash, e`tiqod erkinligini ta`minlash sohasida O`zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi va siyosiy-huquqiy tajribasi bilan tanishadi.

2019 yilda ilk marotaba tashkil etilgan ushbu xalqaro forum O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2018 yilda BMT Bosh assambleyasida qabul qilingan "Ma`rifat va diniy bag`rikenglik" maxsus rezolyusiya tamoyillarini hayotga tadbiq etish borasidagi tizimli va izchil ishlarning amaliy ifodasidir.

Xalqaro anjumanning eng asosiy natijasi — bu Buxoro deklarasiyasining qabul qilinishidir. Mazkur hujjat muhim xalqaro ahamiyatga ega bo`lib, ilgari qabul qilingan Marokash, Makka, Jakarta, Potomak, Punta del Este deklarasiyalarining mantiqiy davomidir. Shu bilan birga, ushbu hujjat O`zbekistonning global miqyosda diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qo`shgan yuksak hissasi bo`lib xizmat qiladi.

Forum tashkilotchilari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, AQShning Global jalb qilish instituti, shuningdek  hamkor tashkilotlar hamda Buxoro va Samarqand xokimliklari hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar