AsosiyJamiyat

O`zbekiston delegasiyasi "Haj - 2022" masalasini hal etish uchun Arabistonga jo`nab ketdi

'O`zbekiston delegasiyasi "Haj - 2022" masalasini hal etish uchun Arabistonga jo`nab ketdi'ning rasmi

O`tgan ikki yil davomida pandemiya tufayli butun dunyo musulmonlari haj amallarini ado etish baxtidan bebahra bo`ldilar. Shu yil yanvar oyidan boshlab esa Umra ziyoratiga borish qayta yo`lga qo`yildi va qisqa vaqt ichida 35 mingga yaqin o`zbekistonlik umra amallarini bajarish imkoniyatiga ega bo`ldi.

Bu yil muborak Haj ibodatini amalga oshirish uchun ham imkoniyat paydo bo`ldi. Bu haqda  O`zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda. Xususan, bugun, 3 may kuni erta tongda idora raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari va Din ishlari bo`yicha qo`mita raisi Sodiqjon Toshboev boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Saudiya Arabistoniga jo`nab ketdi. 

Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligining “Haj – 2022” mavsumi bo`yicha rasmiy bayonotida, joriy haj tadbiriga chet ellik va mahalliy hojilarga jami 1 million kishi uchun haj ibodatini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Ma`lum qilinishicha, O`zbekiston delegasiyasi ushbu safar davomida “Haj – 2022” mavsumini tashkil etish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni Saudiya Arabistonidagi mutasaddi idoralar bilan kelishish rejalashtirilgan.

"Ayni kunlarda yurtimiz mo`min-musulmonlari katta intiqlik bilan haj mavsumi boshlanishini kutishmoqda. Umid qilamizki, yurtimiz musulmonlari yana emin-erkin haj ibodatlarini ado etish saodatiga erishadilar, insha Alloh",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar