AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida yong`inlarni avtomatik payqaydigan kamera o`rnatildi  

'Toshkent viloyatida yong`inlarni avtomatik payqaydigan kamera o`rnatildi   'ning rasmi

Bo`stonliq tumanida mamlakatda yong`inlarni avtomatik tarzda payqaydigan ilk intellektual kamera o`rnatildi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu texnologiya yong`in kabi xavfli vaziyatlarni yuqori aniqlik bilan aniqlash va real vaqtda signalni ishga tushirish imkonini beradi.

"Oddiy qilib aytganda, termal tasvir kamerasi nazorat qilinadigan hududdagi vaziyatni kuzatib boradi va issiqlik nurlanishiga, masalan, yong`inga ta`sir qiladi. Haroratni o`lchash natijalariga ko`ra, darhol signal yuboriladi, bu ma`muriy va turar-joy ob`ektlarini, shuningdek, turizm hududlarini samarali himoya qilishga yordam beradi",-deyiladi xabarda.

Ta`kidlanishicha, ushbu yangilik vaziyatga darhol va yuqori samarali darajada baholash qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi.

    Boshqa yangiliklar