Hodisa kecha, 2 may kuni soat 15:00 da Yangi qo`rg`on qishlog`iga tabiat qo`ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri bilan sodir bo`lgan. U “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo`lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilgan hamda o`ng oyog`ining son qismini sindirib olganligi bo`yicha viloyat FVBga habar kelib tushgan.
Vazirlikning ma`lum qilishicha, voqea joyiga zudlik bilan Bo`stonliq tumani Chimyon yong`in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari etib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Malakaviy tibbiy yordam ko`rsatish uchun Bo`stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.
Shu o`rinda, FVV dam oluvchilardan tog`li hududlarda harakat qilganda ehtiyotkorlik choralarini ko`rishni so`ramoqda.






