Isroilga kirishda koronavirus bilan bog`liq yangi qoidalar joriy qilindi. Bu haqda “Uzbekistan airways” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Isroilga parvoz qilishdan oldin yo`lovchilar “Kirish hisoboti” shaklini to`ldirish va Isroil Sog`liqni saqlash vazirligidan elektron ruxsatnoma va bortga chiqishdan oldin taqdim etilishi kerak bo`lgan Green Pass'ni olishlari kerak. “Kirish hisoboti”ning amal qilish muddati 48 soat.
Isroildan tashqarida 72 soatdan ortiq vaqt davomida bo`lgan yo`lovchilar salbiy PSR-testini taqdim etishlari kerak. Uning amal qilish muddati 72 soat. PSR-testi ingliz tilida bo`lishi kerak va yo`lovchi ro`yxatdan o`tish paytida taqdim etadigan pasportning raqamini o`z ichiga olishi kerak.






