Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga ko`ra, 2022 yil 21 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi IIV ShXBB Sirdaryo viloyati bo`yicha bo`limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari hamda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumani IIB JXX Yo`l harakati xavfsizligi guruhi ma`muriy binosida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida, 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan fuqaro G`.B. YHXG xodimi J.Xolbo`taevga avtomobilini jarima maydonidan chiqarib berish va ma`muriy bayonnomani engilroq huquqbuzarlik bo`yicha o`zgartirib berish evaziga xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, ma`muriy binoning oshxonasida 935.000 (to`qqiz yuz o`ttiz besh ming) so`m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.






